Dunyo - Botir Qodirov - Cus Lyrics -->

Dunyo - Botir Qodirov

Dunyo - Botir Qodirov

Текст песни Botir Qodirov - Dunyo
Ботир Қодиров - Дунё



Soʻzim tingla, dunyo bir muddat
Bunchalar ham ishlaring gʻalat.
Yaxshilarni gʻamlarga koʻmib,
Yomonlarga qilding muruvvat.

Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.
Kimni xoʻrlab, kimni suyasan, yorugʻ dunyosan!
Dunyo! Dunyo! Nohaq dunyosan
Qadamingni qandoq qoʻyasan, nohaq dunyosan!

Boʻlsa agar koʻzlaring ochiq,
Qilmishingga bir-bir boqib chiq.
Dunyo boʻlsang keng boʻlgin dunyo,
Va barchaga teng boʻlgin dunyo!

Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.
Kimni xoʻrlab, kimni suyasan, yorugʻ dunyosan!
Dunyo! Dunyo! Nohaq dunyosan
Qadamingni qandoq qoʻyasan, yorugʻ dunyosan!

Nokaslarni bor qiladursan,
Kimki haqsoʻz xor qiladursan,
Egrilarga eshmisan, soʻzla
Nechun gʻalat kor qiladursan.

Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.
Torozingni qanday qoʻyasan, yorugʻ dunyosan!
Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.
Kimni xoʻrlab, kimni suyasan, achchiq dunyosan!

Dunyo! Dunyo! Haqsiz dunyosan
Qadamingni qandoq qoʻyasan, nohaq dunyosan!

Music: Yulduz Usmonova
Lyrics: Ohunjon Hakimov
Arranger: Aziz Xolmurodov
© 2024 NEVO Music 
℗ 2024  AIR Music