Qizil moskvich - Farrux Raimov - Cus Lyrics -->

Qizil moskvich - Farrux Raimov


Текст песни



Muhabbatga to‘lib ketgan bizlar yurgan yo‘llar
Telbalarcha sevishgandik to‘qsoninchi yillar
Visolingni ko‘rish uchun yonginangga shoshardim
Senga yoqqan o‘sha qizil moskvichda borardim

Qizil-qizil qip-qizil moskvichda boraman yoningga
Klyo‘sh kiydim sochlarimni chappa tarab, chappa tarab
Boraman yoningga (2x)

Har kun maktabing yoniga moskvichda boraman
Hamma bilsa bilaversin seni yaxshi ko‘raman
Soy bo‘yida telbalardek qo‘shiq aytib beraman
Darvozangga ILove You deb yurak chizib ketaman

Qizil-qizil qip-qizil moskvichda boraman yoningga
Klyo‘sh kiydim sochlarimni chappa tarab, chappa tarab
Boraman yoningga (2x)

Jonim bizning sevgimiz ertaklarga o‘xshaydi
O‘sha qizil moskvichda muhabbatim yashaydi

Qizil-qizil qip-qizil moskvichda boraman yoningga
Klyo‘sh kiydim sochlarimni chappa tarab, chappa tarab
Boraman yoningga (2x)

Qizil moskvich - Farrux Raimov
Music: Shahzod Yuldashev
Lyrics: Farhod Mo'minov
Arranger: Nurbek Jabborov, Ulug'bek Nurmatov
© 2024 NEVO Music 
℗ 2024  AIR Music