Yor-yor - Alisher Sharipov - Cus Lyrics -->

Yor-yor - Alisher Sharipov

Yor-yor - Alisher Sharipov

Текст песни Doston Yor-yor



Chertay desam torim yig‘lar
Chimildiqda yorim yig‘lar
Sevgimizni tushunmadi
Sevilmagan ko‘ngilsizlar

To‘ylaringga keldim bugun
Dilimda bor so‘ngi so‘zlar
Yorni bizga teng ko‘rmadi
Beyuraklar, bag‘ri muzlar

Shu kelinni qaytib bering
Ishqda kuygan tilanchiga
O‘z yorini to‘ylarida
Yor-yor aytgan o‘lanchiga (2x)

Yoshlaringda yuvilsin-ey
Sevgimizdan qolgan izlar
Qoldirdingiz firoqlarda
Toshbag‘rlar, ko‘ngilsizlar

Bir ko‘rmoqlik dushvor endi
Xayr yorim xush bor endi
Seni darding bilan chalsam
Yig‘lar bo‘ldi dutor endi

Shu kelinni qaytib bering
Ishqda kuygan tilanchiga
O‘z yorini to‘ylarida
Yor-yor aytgan o‘lanchiga (4x)

Music: Shahrizod Shahnazarov
Lyrics: Malika Mardonova
Arranger: Shaxboz Botirov
© 2024 NEVO Music 
℗ 2024  AIR Music