Qishloqqa qayt - Xamdam Sobirov - Cus Lyrics -->

Qishloqqa qayt - Xamdam Sobirov

Qishloqqa qayt - Xamdam Sobirov

Текст песни Qishloqqa qayt



Sochlaringni sap-sariqqa bo'yabsanda,
Qoshlaringni menga aytmay teribsanda.
Uydaman deb kim, qayerlarda yuribsanda,
O'qiyman deb shaharlarda yurgan qiz.
Kecha yana gap bo'libmiz qishloqda,
Qo'l ushlashib yurgan emishmiz bog'da.
Direktorni qiziliging chatoqda,
O'qiyman deb shaharlarda yurgan qiz.

Pomadalar labingda, tillo zanjir bo'yningda,
Qolib ketma Toshkentda, e qishloqqa qayt.
Modniy ko'ylak egningda, kimdur bormi ko'nglingda?
Sog'indim deb bittagina shevangda ayt.
Menga yoqar eding paplin ko'ylagingda,
Olib yurar eding rasmim cho'ntagingda.
Kalishchani yechib sen ham aynidingda,
O'qiyman deb shaharlarda yurgan qiz.

Maktabdagi uchrashuvlar yodimda,
Sendan olgan qizil ruchka yonimda.
Hayrlashmay ketding qoyil qoldimda,
O'qiyman deb shaharlarda yurgan qiz.
Pomadalar labingda, tillo zanjir bo'yningda,
Qolib ketma Toshkentda, e qishloqqa qayt.
Modniy ko'ylak egningda, kimdur bormi ko'nglingda?
Sog'indim deb bittagina shevangda ayt.

Boshimga balo bo'ldi, bu qandayin savdo bo'ldi?
Senga olgan uzugim, tillo edi tosh bo'ldi.
Va'dalaring qayda qoldi, bo'salarim qayda qoldi?
Ado qilgan dunyolarmas, bitta qalam qosh bo'ldi.
Pomadalar labingda, tillo zanjir bo'yningda,
Qolib ketma Toshkentda, e qishloqqa qayt.
Modniy ko'ylak egningda, kimdur bormi ko'nglingda?
Sog'indim deb bittagina shevangda ayt

 Music: Malik Ergashev
Lyrics: Malik Ergashev, Xamdam Sobirov
Arranger: Doniyor Ahmedov
© 2023 NEVO Music 
℗ 2023  AIR Music